Jiru ham Yevro-2024'dan keyin termasi bilan xayrlashadi
Sport
−
24 may 2024 2593 1 daqiqa
Hujumchi Olive Jiru 2024 yilgi Yevropa chempionatidan keyin Fransiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaydi. Bu haqda “L'Equipe” xabar berdi.
“Men Yevropa chempionatidan so‘ng Fransiya terma jamoasidagi faoliyatimni yakunlayman, biz yoshlarga yo‘l ochishimiz kerak”, deydi Jiru.
37 yoshli Jiru 2011 yildan buyon Fransiya terma jamoasi a’zosi bo‘lib, u jamoa safida 131 ta o‘yin o‘tkazib, 57 ta gol urgan va 16 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Jiru terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. Fransiya bilan birgalikda u Rossiyada bo‘lib o‘tgan 2018 yilgi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan. Shuningdek, Millatlar ligasida chempion bo‘ldi (2021) va Yevropa chempionatining kumush medali sohibiga aylandi (2016).
Ma’lumot uchun, 2024 yilgi Yevropa chempionati 14 iyundan 14 iyulga qadar Germaniyada bo‘lib o‘tadi. Fransiya terma jamoasi Polsha, Niderlandiya va Avstriya jamoalari bilan birga “D” guruhida bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq germaniyalik taniqli futbolchi Toni Kroos ham Yevro-2024'dan keyin futbolchilik faoliyatini yakunlashi xabar qilingandi.
Live
Barchasi