Jirinovskiydan navbatdagi tush tafsilotlari: Vladimir Volfovich O‘zbekistondan nima xohlaydi?

Olam

image

Qozog‘istonda joriy yilning yanvar oyida sodir bo‘lgan tartibsizliklar barcha sobiq Sovet respubliklarida yuz bergan. Rossiya Liberal-demokratik partiyasining tuturiqsiz bayonotlari bilan tanilgan raisi Vladimir Jirinovskiy shunday fikr bildirdi.

Xususan, Jirinovskiy Qozog‘istondagi “portlash” nega sodir bo‘ldi degan savolga shunday javob bergan:

“Qozog‘istonda sodir bo‘lgan voqea barcha sobiq Sovet respublikalarida: Belarus, Ukraina, Moldova, Gruziya, Ozarbayjon, Armaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston, hammasida sodir bo‘lyapti. Navbat Qozog‘istonga keldi, ular shunchaki navbatda turishgan”.

Jirinovskiy hech bir isbotga ega bo‘lmagan fikrlarini davom ettirib, SSSR Qozog‘istonga Rossiya yerlarini berganini aytgan.

“Ammo vaziyat yetildi. Qozog‘istonda jamiyat amorf, birlik, yaxlitlik yo‘q. Ularning hududi o‘ziniki emas, hududning katta qismi shunchaki Stalin tomonidan sovg‘a sifatida berilgan. Ular Sovet hokimiyati o‘rnatilgach, Toshkent kimning poytaxti bo‘lishi uchun o‘zbeklar bilan kurashdilar. Stalin aytadi: ha, Toshkentni o‘zbeklarga beraylik. Qozoqlarga janubiy Sibirning yarmini, Uralning yarmini berishdi. Va ular har doim qachondir qaytarish kerakligidan qo‘rqib yashadilar”, degan Jirinovskiy.

Shu o‘rinda qayd etib o‘tamiz, Vladimir Jirinovskiy sobiq sovet davlatlariga aloqador turli xil tuturiqsiz provokatsion fikrlar bildirishi bilan odamlarga yaxshi tanish. Ko‘plab ekspertlar uni "Kremlning og‘zi" deb hisoblaydi.

Avvalroq, rossiyalik siyosatchi Qozog‘istondagi tartibsizliklar vaqtida ko‘rinmay qolgan mamlakatning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevni o‘ldiga chiqargandi. Ammo oradan ko‘p o‘tmay,Nazarboyev qozoq xalqiga murojaat yo‘llagan, tirikligini ko‘rsatgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Jirinovskiy

Baholaganlar

1612

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing