“Qabristonda ham signal beraman”. Marhum Jirinovskiyning pasporti sotildi
Olam
−
28 aprel 16853 1 daqiqa
Rossiya Liberal-demokratik partiyasining asoschisi Vladimir Jirinovskiyning xorijga chiqish pasporti Sankt-Peterburgdagi kimoshdi savdosida 1,1 mln rublga (taxminan 13 ming dollar) sotildi. Bu haqda Shimoliy auksion uyi saytida xabar berildi.
Ma’lum qilinishicha, hujjat auksionda 750-raqamli lot ostida o‘tkazilgan. Sovet namunasidagi “zagran” pasport 1992 yil 19 oktyabrdan 1997 yil 19 oktyabrgacha bo‘lgan muddatga berilgan.
Lot bo‘yicha “narxni sun’iy oshirish va spontansavdolarni oldini olish” uchun 100 000 rubl miqdorida qaytariladigan garov kiritish taklif qilingan.
Bir necha rus nashrlari Jirinovskiyning 2008 yil mart oyida prezidentlik saylovlaridan keyin jurnalistlarga bergan intervyusida aytgan gaplarini esga olib, “u qaytdi” deya eslagan.
“Hatto qabristondan ham sizlarga signal beraman”, degan edi o‘shanda Jirinovskiy.
Ma’lumot uchun, Jirinovskiy 2022 yil 6 aprelda uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng 75 yoshida vafot etgandi.
Vafotidan uch yil o‘tib rossiyaliklarning Jirinovskiyga bo‘lgan ishonchi 6 foizga oshib, 66 foizga yetdi. Tadqiqotchilarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich kelajakda ham oshishda davom etadi.
Siyosatchi nafaqat Liberal-demokratik partiyaning asoschisi, balki “bashoratchi” sifatida ham tanilgan. 2024 yil dekabr oyida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Jirinovskiy bashoratchi emas, balki “bilimdon va tayyorgarlik ko‘rgan odam” ekanligini ta’kidlagan.
Live
Barchasi