Jirinovskiy Trampga hokimiyatda qolishning so‘nggi yo‘lini ko‘rsatdi
Olam
−
03 yanvar 2021
19071AQSH Prezidenti Donald Tramp iroda ko‘rsatib, koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan vaziyatdan foydalanib, favqulodda rejim joriy qilsa, hokimiyatda qolishi mumkin, deb hisoblamoqda Rossiya Liberal-demokratik partiyasi rahbari Vladimir Jirinovskiy.
“AQSH josuslik, laganbardorlik, korrupsiyadan charchagan. Butun dunyo pandemiya sabab sergak tortgan. Shu sababdan Donald Tramp Prezident bo‘lib qolish uchun vaziyatdan foydalanishi mumkin. Hozircha Tramp Prezident, hamma unga bo‘ysunadi: u keraksiz prokurorlarni ketqazishi, sudyalarni o‘zgartirishi, harbiylarga ko‘rsatma berishi – butun vakolatidan maksimal foydalanishi mumkin. Favqulodda rejim saylov natijalarini bekor qilishga asos bo‘lishi mumkin. Bu Tramp uchun so‘nggi imkoniyat yoki yaqin to‘rt yilda demokratlar uni shunchaki yo‘q qiladi”, degan Jirinovskiy.
Shu bilan birga, partiya yetakchisiga ko‘ra, Tramp koronavirusga qarshi emlanishi kerak. Buning uchun Rossiya “Sputnik V” vaksinasini yuborishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, AQSHda Prezident saylovi joriy yilning 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Unda g‘oliblikni Demokratlar partiyasidan nomzod Jo Bayden qo‘lga kiritdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, u 306 ta saylovchi kollegiyalar ovozini, Tramp esa 232 ta ovoz olgan. G‘olib bo‘lish uchun 270 ovoz yetarli edi.
Keyinchalik Jo Baydenning rasman AQSH Prezidenti etib saylangani xabar qilindi.
LiveBarchasi