Jirinovskiy: “Lukashenko butun sayyora ustidan kulyapti”
Olam
−
29 mart 2020
21817Rossiya Liberal-demokratik partiyasi lideri Vladimir Jirinovskiy Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko butun sayyora aholisi ustidan kulayotganini iddao qildi.
Rossiya parlamentining so‘kong‘ich siyosatchisi Belarus rahbari COVID-19 koronavirusining mamlakatda keng miqyosda tarqalib ketmasligi uchun choralar ko‘rmayotganini tanqid qilib, shunday fikr bildirdi.
“Lukashenko butun sayyora ustidan kulyapti. Hamma joyda qat’iy tartib o‘rnatilgan, sport musobaqalari bekor qilingan, hamma (davlatlar) odamlar uyida qolishi uchun harakat qilyapti. Belarusda ko‘chalarda sayr qilib yuribdi, barcha stadionlarda, uning o‘zi ham xokkey o‘ynayapti. Allaqachon, o‘nlab odamlar u yerda virus yuqtirgan, keyin yuzlab, minglab bo‘ladi...”, degan partiya yetakchisi.
So‘zi yakunida Jirinovskiy koronavirus bilan o‘ynashish kerakmasligini ta’kidlab o‘tgan.
“Bunday qilib bo‘lmaydi Aleksandr Grigorevich. Demak, butun sayyora ahmoqu, birgina siz aqlli ekanda. To‘xtata qoling endi”, degan.
Ma’lumot uchun, dunyo bo‘yicha koronavirus infeksiyasiga chalingan soni 700 mingga yaqinlashdi. Undan halok bo‘lganlar 30 mingdan oshib ketdi.
LiveBarchasi