Jirinovskiy Leninning jasadini sotishni taklif qildi

Olam

image

Rossiyaning Liberal-demokratik partiya yetakchisi Vladimir Jirinovskiy Qizil maydonda maqbarada joylashgan Vladimir Lenin mumiyolangan jasadini sotishni taklif qildi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar berdi.

Siyosatchi bunday “kelishuv“ tufayli byudjetga katta mablag‘ tushishiga ishonadi.

“Fransiyada bir ishbilarmon “Mona Liza“ kartinasini sotmoqchi. Biz Leninning mumiyasini sota olamiz. Xaridorlar bor: Xitoy, Vetnam yoki biron bir kommunist. Bundan 96 yil oldin mumiyolangan Leninning ahvoli yaxshi“, deydi Jirinovskiy Twitter-da.

Avvalroq, fransuz tadbirkori Stefan Ditengen Luvrda saqlanayotgan Leonardo da Vinchining “Mona Liza“ asarini sotishni taklif qilgani haqida xabar bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Lenin Vladimir Jirinovskiy

Baholaganlar

743

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing