Jinoyatchilar 26 yoshli futbolchini otib o‘ldirdi

Sport

image

Futbol bo‘yicha Panama terma jamoasi himoyachisi Jilberto Ernandes joriy yilning 3 sentyabr kuni Kolon shahrida yuz bergan otishma oqibatida vafot etdi. Bu haqda mamlakat futbol ligasi xabar berdi

“Panama futbol ligasi “Atletiko Independente” klubi o‘yinchisi Jilberto Ernandesning Kolon shahrida sodir bo‘lgan yakka tartibdagi zo‘ravonlik harakati oqibatida halok bo‘lganidan qattiq afsusda”, deyiladi liga xabarida.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, ikki nafar qurollangan shaxs taksi ichidan turib, odamlarga qarata o‘t ochgan, bu vaqtda Ernandes do‘stlari bilan Kolon markazidagi ko‘chada ketayotgan bo‘lgan. Hujum oqibatida futbolchidan tashqari yana yetti kishi turli darajadagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. 

Kecha, 4 sentyabr kuni e’lon qilingan bayonotda, mahalliy politsiya mazkur jinoyatda gumon qilingan shaxslar ushlanganini rasman e’lon qilgan. Biroq otishmada Ernandes asosiy nishon bo‘lgani yoki yo‘qligi haqidagi tafsilotlar ochiqlanmagan. 

Ma’lumot uchun, Jilberto Ernandes “Atletiko Independente” klubi futbolchisi bo‘lib, u joriy yilning mart oyida Panama terma jamoasida debyut qilgan. Futbolchi baxtsiz hodisaga qadar jamoa bilan ikkita xalqaro o‘yinda maydonga tushgan. Uning klubdagi so‘nggi o‘yini 23 avgust kuni, Markaziy Amerika kubogi doirasida “Real Esteli”ga qarshi kechgan. Mazkur uchrashuvda Jilbertoning jamoasi 3:1 hisobida g‘alaba qozongan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 iyul kuni “Deportivo Rio Kanyas” jamoasining 29 yoshli futbolchisi Xesus Alberto Lopes salqinlanish maqsadida Guanakaste viloyatidan oqib o‘tuvchi Kanyas daryosiga tushganida timsoh yeb qo‘ygan edi.


Maqola muallifi

Teglar

otishma Panama Gilberto Ernandes

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing