Jill Bayden Oq uy Rojdestvoga qanday bezatilganini ko‘rsatdi (fotoreportaj)

Olam

image

Kecha, 28 noyabr kuni AQSH Prezidenti Jo Baydenning rafiqasi Jill Bayden Twitter orqali Oq uyning 2022 yildagi Rojdestvo bayrami uchun tayyorlangan bayram bezaklarini namoyish etdi va “biz xalqmiz” shiorini ilgari surdi.

“Bu yilgi Oq uydagi tantanalarni biz Amerika g‘oyasi bilan mujassamlashgan ruh ila qarshilashga umid qilamiz”, deydi birinchi xonim

Mahalliy nashrlarga ko‘ra, Oq uyni bezatishga 77 ta archa, 25 ta gulchambar va 83 615 ta bayram chiroqlaridan foydalanilgan. Oq uyni yasatishda 150 dan ziyod ko‘ngillilar ishtirok etgan.

Shunisi e’tiborliki Rojdestvo munosabati bilan Oq uy koronavirus pandemiyasidan so‘ng tashrif buyuruvchilarga birinchi bor o‘z eshigini ochadi. Bayram vaqtida Oq uyga 50 000 ga yaqin mehmonlar kelishi kutilmoqda. Ular orasida 1 dekabr kuni AQSHga tashrifi kutilayotgan Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ham bor.

Ma’lumot o‘rnida, Oq uyda Rojdestvo archasini o‘rnatish an’anasi 1889 yilda, AQSHning 23-prezidenti Benjamin Garrison birinchi marta Sariq xonaga bayram archasini o‘rnatgan paytdan boshlangan. 1912 yildan beri AQSHning 27-prezidenti Uilyam Taft ma’muriyati davridan archa Moviy xona ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib kelmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil sobiq Prezdent Donald Trampning rafiqasi Melaniya Tramp bezaklardan tortib, archalarni ham qizilga burkagandi. 2019 yilda Oq uyni haqiqatan oq tusga kirgan.

2021 yilda Jill Baydenning Oq uydagi ilk Rojdestvosida bezaklar “Yurakdan sovg‘alar” deb nomlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Rojdestvo

Baholaganlar

187

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing