“Jiguli”dagi bir oilaning 12 a’zosi YTHda halok bo‘ldi
Olam
−
25 avgust 2023
19883Ukrainaning Vinnitsa viloyatida yuk mashinasi va “Jiguli” o‘rtasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda BBC News xabar berdi.
Brodetskoye posyolkasi rahbari Igor Tkachukning BBC'ga ma’lum qilishicha, “Jiguli”da bo‘lganlarning barchasi (12 kishi), jumladan, 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan oltita bola vaqea joyida vafot etgan. Ular bir oila a’zolari bo‘lgani aytilmoqda.
Birinchi navbatda yuk mashinasi haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini buzganlikda gumon qilinayotgan bo‘lsa-da, Vinnitsa politsiyasi mazkur YTH bo‘yicha aniq versiyasiga ega emasligini va tergov davom etayotganini tan olgan.
“Jiguli” haydovchisi, hech bo‘lmaganda, shuncha odamni yo‘lovchi avtoulovida, shuningdek, kechqurun va gavjum yo‘lda tashish qoidasini buzganligi aniq”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Braziliyaning San-Paulu shahriga ketayotgan avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida 7 nafar futbol muxlisi halok bo‘lgan edi. Shuningdek, Turkiyaning markaziy qismidagi Yozgat viloyatida yo‘lovchi avtobusining halokatga uchrashi oqibatida 12 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi