Jeyk Pol UFC’ga o‘tish uchun Danaga shart qo‘ydi

Sport

jeyk

Amerikalik YouTube blogeri va bokschi Jeyk Pol o‘zining Twitter sahifasida UFC promousheniga qo‘shilish shartlarini aytdi va buni amalga oshirish uchun atigi 3 kun qolganini tashkilot rahbari Dana Uaytga eslatdi.

“Dananing promousheniga qo‘shilishimga 3 kun qoldi. Men boksni butunlay tark etaman. Sizda ko‘p vaqt yo‘q”, deya yozgan kichik Pol.

Bundan bir necha kun avval Jeyk Pol Dana Uaytga jangchilarning har bir bellashuv uchun eng kam ish haqini 50 000 dollargacha oshirish, UFC jangchilariga tashkilot yillik daromadining 50 foizini kafolatlash, barcha sportchilarga uzoq muddatli tibbiy yordam ko‘rsatish talablarini ilgari surgan edi.

Pol bularni UFC bilan shartnomasi tugagan aksariyat jangchilar miya chayqalishidan aziyat chekayotgani bilan izohlagan: 

“Men aytayotgan talablarni 2022 yil 31 mart kuniga qadar qabul qilishga va’da berish va amalga oshirish uchun besh kuningiz bor. Bu amalga oshirilgach, men darhol boksni tark etaman, USADA tashkilotida tekshiruvdan o‘tishga roziman va Xorxe Masvidal UFC oktagonida jang qilishga roziman. Barcha UFC jangchilari uchun qat’iy pozitsiyani egallash, o‘zlari va hamkasblari uchun qiymat yaratish vaqti keldi. Siz yuqori maoshga, uzoq muddatli g‘amxo‘rlikka, eng avvalo, erkinlikka loyiqsiz. Bir-biringizni qo‘llab-quvvatlang. Men sizning dushmaningiz emasman, men sizning himoyachingizman”.

Ma’lumot uchun, Pol tashkilotning boshqa jangchilariga qarshi ringga ko‘tarilmoqchi ekanini ma’lum qilgan edi. Qo‘shimchasiga uning prezidenti Dana Uaytni giyohvand moddalarni iste’mol qilishda ayblagan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

UFC Dana Uayt Jeyk Pol Masvidal'

Baholaganlar

31

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing