Stiven Jerrard “Aston Villa” bosh murabbiyiga aylandi

Sport

image

“Liverpul” va Angliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Stiven Jerrard “Aston Villa” klubi bosh murabbiyiga aylandi. Bungacha mutaxassis Shotlandiyaning “Reynjers” klubini boshqargan.

“Aston Villa” futbol klubi Stiven Jerrardning yangi bosh murabbiy etib tayinlanganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi”, deya yozgan Aston Villa matbuot xizmati.

Bundan avval, Jerrard klub bilan 3 yillik shartnoma imzolashi haqida xabar berilgan edi. Faqat Stiven “sherlar” tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyga aylandi, biroq kelishuvning moliyaviy tafsilotlari hali oshkor etilmagan..

E’tiborli tomoni shundaki, joriy yilning 11 dekabr kuni “Aston Villa” safarda “Liverpul”ga qarshi bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun, Birmingem klubi 11 o‘yinda 10 ochko jamg‘argan va APL turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab turibdi.


 


Maqola muallifi

Teglar

APL Liverpul' Aston Villa Stiven Jerrard

Baholaganlar

16

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing