“Jenoa” Shomurodov transferini tasdiqladi

Sport

image

Italiyaning “Jenoa” klubi sport direktori Daniele Fajiano o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodovning transferini tasdiqladi.

“Biz kelishuv shartlari  bo‘yicha kelishib oldik. O‘ylashimcha, Shomurodov yaqin orada o‘tishni yakunlash uchun Italiyaga keladi. Umid qilamanki, bu tez orada hal bo‘ladi”, deydi Genuya klubi sport direktori Daniele Fajiano.

Ayrim  nashrlarning xabar berishicha, “Rostov” forvardi yangi klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun ertaga Italiyaga uchib ketadi.

Avvalroq, “Rostov” o‘zbekistonlik hujumchini 9 mln yevro evaziga Italiya klubiga qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eldor Shomurodov

Baholaganlar

321

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing