JCHning ikkinchi kunida o‘zbekistonlik sambochilar 5 ta medal qo‘lga kiritdi

Sport

image

Bugun, 13 noyabr kuni Toshkent shahrida sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatining ikkinchi kungi bahslari o‘tkazildi. Unda o‘zbekistonlik 5 nafar sambochi medal qo‘lga kiritdi.

Ixtiyor Eshmurodov (88 kg) hal qiluvchi final bahsida rossiyalik Sergey Ryabovga qarshi kurashib, g‘alaba qozongan bo‘lsa, jangovar samboning 58 kg vazn toifasida ishtirok etgan Bahodir Boqiyev rossiyalik Aleksandr Nesterovni yengib jahon chempioliligini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, yana uch nafar o‘zbekistonlik sambochi finalga qadar yetib keldi va yakunda rossiyalik raqiblariga imkoniyatni boy berib, kumush medalga ega chiqishdi. Sarbon Ernazarov (71 kg) rossiyalik Nikita Kletskovga, Ulug‘bek Rahmonov (79 kg) Uali Kurjevga, jangovar sambo yo‘nalishida esa Oybek Soliyev (64 kg) Sheyx-Mansur Xabibullayevga mag‘lub bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 12 noyabr kuni dunyo birinchiligining ochilish marosimi va dastlabki bellashuvlari o‘tkazilgan edi. 

Ma’lumot uchun, Jahon chempionati ertaga, 14 noyabrda o‘z nihoyasiga yetadi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Sambo FIAS Ixtiyor Eshmurodov Bahodir Boqiev Ulug'bek Rahmonov Oybek Soliev Sarbon Ernazarov

Baholaganlar

38

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing