JCH chorak finalidan keyin Fransiyada yuzlab kishilar hibsga olindi

Sport

image

Marokash va Fransiyaning Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionati yarim finaliga chiqqanini nishonlash vaqtida bir qancha shaharlarda boshlangan tartibsizliklar ortidan butun Fransiya bo‘ylab 170 ga yaqin kishi hibsga olindi. Bu haqda 11 dekabr kuni "France-Presse" agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, birgina Parijning o‘zida 80 nafar odam hibsga olingan. Qo‘lga olinganlardan 23 nafari voyaga yetmaganlar ekani aniqlandi. Hibsga olinganlarga “davlat amaldorlariga qarshi chiqish”, politsiyaning “talablarini bajarishdan bosh tortish”, shuningdek, vandalizm va portlovchi moddalarni saqlash kabi ayblovlar qo‘yilgan.

Fransiyaning boshqa shaharlarida, asosan, huquq-tartibot idoralari xodimlariga buyumlar otgan, ularning talablarini bajarishdan bosh tortgan va tartibsizliklar uyushtirgani uchun jami 70 kishi hibsga olingan. 

Shuningdek, "France Bleu" radiostansiyasi Avignondagi tartibsizliklar paytida bir nechta do‘konlarning oynalari sindirilgani haqida xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Marokash 10 dekabr kuni JCH chorak finalida Portugaliyani 1:0 hisobida mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi va tarixda turnirning 1/2 final bosqichiga yo‘l olgan birinchi Afrika jamoasiga aylandi. 14 dekabr kuni Marokash chorak finalda Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etgan Fransiya bilan to‘qnash keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Fransiya JCH2022

Baholaganlar

184

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing