JCH-2026 yaqin! O‘zbekiston uyida Qirg‘izistonni mag‘lub etdi (fotoreportaj)
Sport
−
21 mart
7107Bugun, 20 mart kuni Jahon chempionati-2026 turniri Osiyo mintaqasi 3-saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qirg‘iziston termasini qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. QALAMPIR.UZ o‘yindan fotoreportaj tayyorladi.
O‘yinning 24 daqiqasida mehmonlar himoyachisi Hojiakbar Alijonovni jarima maydonchasi ichida yiqitdi va hakam penalti belgiladi va hakam himoyachiga qizil kartochka ko‘rsatdi. Biroq belgilangan penaltini o‘zbekistonliklar sardori Eldor Shomurodov golga aylantira olmadi.
Ketma-ket hujumlar ortidan O‘zbekiston terma jamoasi 40 daqiqada Xojiakbar Alijonovning kiritgan goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. Ikkinchi taym boshida Eldor Shomurodov gol kiritgan edi, ammo hakam ofsayd sabab golni bekor qildi.
Shu tariqa, O‘zbekiston milliy terma jamoasi guruh bosqichida 16 ochko jamg‘arib, 2-o‘rinni mustahkamladi. Navbatdagi o‘yin 25 mart kuni 8-tur doirasida Tehronda guruh peshqadami Eronga qarshi bo‘lib o‘tadi.