JCH-2026 saralashi: Bugun O‘zbekiston mehmonda Qatar bilan bahslashadi
Sport
−
14 noyabr
6430Bugun, 14 noyabr kuni futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionatining saralashi Osiyo qit’asi 3-bosqich “A” guruhi 5-turi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safarda Qatar bilan kuch sinashadi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatarga qarshi oq libosda o‘ynaydi. Darvozabon esa yashil libosda harakat qiladi. Qatar-O‘zbekiston uchrashuvida koreyalik hakamlar brigadasi faoliyat olib boradi. Bosh hakam Kim Jongheok, unga qanotlarda yurtdoshlari Park Kyunyong va Jang Jongpil yordam beradi. To‘rtinchi rasmiy hakam Chae Sangheop qayd etilgan. VAR'da esa Kim Heegon faoliyat olib boradi.
4 ta turdan keyin O‘zbekiston terma jamoasi 10 ochko bilan guruhda 2-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, Qatar termasi 4 ochko bilan 4-o‘rinni band etgan.
Ma’lumot uchun, Qatar-O‘zbekiston o‘yini Toshkent vaqti bilan 21:15 da boshlanadi. Uchrashuvga Doha shahridagi “Jassim bin Hamad” stadioni mezbonlik qiladi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr