JCH-2026 saralashi: Bugun O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan o‘ynaydi
Sport
−
10 Sentabr
5179Bugun, 10 sentyabr kuni 2026 yilgi Jahon chempionati Osiyo qit’asi saralashining 3-bosqichi 2-turi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safarda Qirg‘iziston bilan bahs olib boradi.
Mazkur uchrashuvda quvaytlik hakamlar brigadasi ishlaydi. Bosh hakam Ahmad al-Ali, unga qanotlarda hamyurtlari Abdulhadi al-Anezi va Ahmad Abbos yordam beradi. 4-rasmiy hakam sifatida esa Ammar Ashkanoni ishlaydi.
Shuningdek, Abdulloh Jamoli VAR hakami sifatida faoliyat yuritadi.
Srechko Katanets shogirdlari uchrashuvni to‘liq ko‘k libosda, darvozabon esa yashil libosda o‘tkazadi. Mezbonlar esa oq rangli liboslarda harakatlanadi.
Ma’lumot uchun, Qirg‘iziston-O‘zbekiston bahsi soat 19:00 da boshlanadi. O‘yinga Bishkek shahridagi “Dolen Umurzakov” stadioni mezbonlik qiladi.
LiveBarchasi