JCH-2026 saralash: O‘zbekiston KXDRni kichik hisobda mag‘lub etdi
Sport
−
05 Sentabr
8679Futbol bo‘yicha Jahon chempionati saralashining 3-bosqichi 1-turi doirasida “Bunyodkor” stadionida O‘zbekiston va Shimoliy Koreya terma jamoalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘yinning 20-daqiqasida Jaloliddin Masharipov tomonidan uchrashuvning ilk goli raqib darvozasiga kiritildi. 40-daqiqada esa O‘tkir Yusupov raqib tepgan penaltini qaytardi.
Birinchi bo‘lim Srechko Katanets shogirdlarining kichik ustunligi bilan yakunlandi. Ikkinchi bo‘limda ham o‘zbekistonliklar faolroq harakat qilgan bo‘lsada, darvozalar ishg‘ol etilmadi. Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichini kichik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2-tur bahsini Qirg‘izistonga qarshi o‘tkazadi. Safardagi uchrashuv 10 sentyabr kuniga belgilangan.