Qur’a O‘zbekiston uchun omadli bo‘ldimi?

Sport

Bugun, 27 iyun kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionati Osiyo qit’asi bo‘yicha 3-bosqich bahslariga qur’a tashlandi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, sloveniyalik mutaxassis Srechko Katanets murabbiyligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi “A” guruhidan joy oldi. Guruhda O‘zbekistonga KXDR, Qirg‘iziston, BAA, Qatar va Eron terma jamoalari raqiblik qiladigan bo‘ldi.

Qayd etish joiz, FIFA 2026 yilgi AQSH, Meksika va Kanada mezbonlik qiladigan mundial uchun Osiyo qit’asiga 8,5 ta yo‘llanma ajratgan. Saralashning 3-raundida guruhda 1-2 o‘rinni egallagan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri mundial yo‘llanmasiga ega chiqadi. 3-4 o‘rin egalari esa 4-bosqichda qolgan mundial yo‘llanmalari taqdirini hal qiladi.

Ma’lumot uchun, Osiyo qit’asida 3-saralash bosqichi bahslari sentyabr oyida boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

JCh-2026

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing