Ispaniya JCH-2026 dagi g‘alabasi uchun AQSHga 15 mln dollar to‘laydi

Sport

image

Ispaniya chet ellik rezidentlar uchun AQSH fiskal qonunchiligining o‘ziga xos xususiyatlari sababli futbol bo‘yicha Jahon chempionatidagi g‘alabasi uchun olgan mukofot pulidan AQSHga 15 million dollargacha to‘lab beradi. Bu haqda “Fox News” telekanali xabar berdi.

“AQSH qonunlariga ko‘ra, norezidentlar tomonidan AQSH hududida olingan daromad, agar u qo‘shimcha bitim bilan kamaytirilmagan bo‘lsa, 30 foiz miqdoridagi federal soliqqa tortiladi”, deyiladi xabarda.

Ispaniya terma jamoasining qo‘lga kiritilgan chempionlik unvoni uchun olgan mukofot pulining umumiy miqdori 50 million dollarni tashkil etdi. Biroq Oq uy futbol jamoasini yagona jamoa sifatida tan olishdan bosh tortib, soliq bazasini har bir o‘yinchiga individual ravishda taqsimlagan.

AQSH Kongressi yevropaliklar jamoasi amaldagi qoidalar bilan oldindan tanishib chiqishi kerak eganini bildirgan. Shu bilan birga, Vakillar palatasining ba’zi a’zolari sportchilarga nisbatan bunday yuqori soliq stavkasini tanqid qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi JCH-2026 finalida Argentinani mag‘lub etgandi. Uchrashuvning asosiy vaqti durang (0:0) bilan yakunlandi. Ekstra-taymda esa “Barselona”ning 26 yoshli hujumchisi Ferran Torres yagona golni kiritdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing