JCH-2026 muxlislar tashrifi bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Sport
−
26 iyun 4612 1 daqiqa
2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati tarixdagi eng ko‘p tomoshabin tashrif buyurgan turnir deb topildi. O‘yinlarga allaqachon 3,6 million muxlis tashrif buyurgan va bu yangi rekordga hisoblanadi. Bu haqda FIFA xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026 yilgi Jahon chempionatiga 3 mln 605 ming 357 nafar muxlis tashrif buyurgan. Shu tariqa ushbu musobaqa FIFA tomonidan rasman tarixdagi eng ko‘p odam kelgan Jahon chempionati deb tan olindi.
NBC telekanalining aniqlik kiritishicha, bundan oldingi rekord 1994 yilgi Jahon chempionatida o‘rnatilgan. O‘sha turnir ham AQSHda bo‘lib o‘tgan.
25 iyun kungi holatga ko‘ra, Meksika, AQSH va Kanadada joriy yilda uzoqroq davom etayotgan turnir boshlanganidan beri o‘tgan dastlabki ikki hafta ichida 3,6 million kishi yig‘ilgan.
Bir vaqtning o‘zida bo‘lib o‘tgan Germaniya–Ekvador va Kot-d'Ivuar–Kyurasao uchrashuvlaridan so‘ng yangi rekord qayd etilgan – 3 605 357 kishi.
Shuningdek, AQSH stadionlari avvalgi Jahon chempionatlarini qabul qilgan aksariyat stadionlarga qaraganda kattaroq sig‘imga ega ekanligi qayd etilgan. Qatarda bo‘lib o‘tgan so‘nggi turnirdagi aksariyat stadionlarning maksimal sig‘imi taxminan 45 ming kishini tashkil etgan edi.
Live
Barchasi