Jazoir elchisi O‘zbekistonni tark etyapti

Jamiyat

image

Jazoir Xalq demokratik Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Bumedian Gennad diplomatik missiyasini yakunlamoqda. Bu haqda bugun, 10 avgust kuni O‘zbekiston Tashqi Ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.

Saidov Bumediyen Gennadga ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishdagi roli uchun minnatdorchilik bildirgan.

“Biz janob Elchining O‘zbekiston-Jazoir o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni boyitish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholaymiz va yangi lavozimida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deb aytgan Saidov o‘z sahifasida.

Ma’lumot uchun, Bumedian Gennad 2022 yilning 7 noyabr kuni Jazoirning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida Prezident Serdar Berdimuhamedov Turkmanistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Yazguli Mammedovni lavozimidan ozod etgan edi. Shuningdek, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Timoti Torlot diplomatik missiyasini yakunlab, uning o‘rniga Tashqi ishlar vazirligida Sharqiy O‘rta yer dengizi departamenti boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Timoti Smart tayinlangandi. Shu bilan birga, Vengriyaning O‘zbekistondagi elchisi Gyula Kovach diplomatik missiyasini yakunlagandi. Bundan tashqari, to‘rt yarim yillik faoliyatidan so‘ng Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi taraqqiyot dasturining (BMTTD) doimiy vakili Matilda Dimovska mamlakatdagi missiyasini tugatgan.


Maqola muallifi

Teglar

elchi Jazoir Bumedian Gennad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing