Jazoir ham olov ichida: yong‘inga qarshi kurashda 25 harbiy halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Jazoir poytaxti sharqida yuz bergan o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashda 25 jazoirlik askar va 17 nafar fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Abdulaziz Jerrad ma’lum qildi.

So‘nggi kunlarda O‘rta yer dengizi mamlakatlarida, jumladan Turkiya, Gretsiya, Livan va Kiprda ro‘y bergan yong‘inlar vayronagarchiliklarga olib keldi. Shu qatorda, Jazoirning 17 provinsiyasida ham yuzdan ortiq yong‘inlar qayd etildi.

Iqlim o‘zgarishi issiq va quruq ob-havo xavfini oshiradi, bu esa o‘rmon yong‘inlarini kuchaytiradi.

Sanoat davri boshlanganidan buyon dunyo taxminan 1,2 darajaga isib ketdi va butun dunyo hukumatlari chiqindilarni keskin kamaytirmasa, harorat ko‘tarilaveradi.

Eslatib o‘tamiz, global darajada havo harorati ko‘tarilishi oqibatida bir qator davlatlarda o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘ldi. Jumladan, AQSH, Rossiya, Gretsiya va Turkiyada gektarlab o‘rmonlar kulga aylandi.

Nuriyaxonim Ulug‘bek qizi


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

93

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing