Jaziramada qanday mahsulotlar iste’mol qilish mumkin emas?
Foydali
−
08 iyul 2021
8840Oziq-ovqat texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis va oshpaz Yevgeniy Danko issiq havoda iste’mol qilish tavsiya etilmaydigan, aks holda sog‘liq uchun xavf tug‘diradigan uchta mahsulotni ma’lum qildi.
Mutaxassisga ko‘ra, issiq havoda baliq, pashtet (asosan hayvon, parranda va baliq go‘shtidan, jigaridan tayyorlanadigan pastasimon taom) va tovuq go‘shti iste’mol qilish mumkin emas.
“Tovuq ichidan buzila boshlaydi. Agar pashtetni juda yoqtirsangiz, uni o‘zingiz pishiring: jigar sotib oling, taomga piyoz, sabzi, sariyog‘ qo‘shing”, degan Danko.
Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, baliq tanlashda uning hididan tashqari yana bir qancha belgilar yordam beradi. Masalan, eskirgan baliq nordon yoki achchiq ta’mga ega bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, yangi baliqning jabralari pushti rangda bo‘lishi kerak, ammo oshpazning ogohlantirishicha, bu xususiyat har doim ham samarali ko‘rsatkich bo‘lmasligi mumkin, chunki sotuvchilar ko‘pincha yolg‘ondan ularga shu rangni berishga intiladi.
LiveBarchasi