Jaziramada qahva ichishning salbiy oqibatlari bormi? 

Foydali

image

Issiqda qahva ichganda sog‘liqqa zarar yetkazmaslik uchun ba’zi ehtiyot choralarini ko‘rish kerak bo‘ladi. Bu haqda tibbiyot fanlari nomzodi, kardiolog, diyetolog Asiyat Xachirova ma’lum qildi. 

Shifokorga ko‘ra, issiqda qahva ichganda suyuqlikni organizmdan chiqarib yuborish va issiqda suv muvozanatini saqlash alohida ahamiyatga ega ekanligini hisobga olish kerak. 

“Qahva suvsizlanishga olib keladi, shuning uchun har bir stakan qahva uchun bir stakan suv ichish tavsiya etiladi”, deb maslahat bergan Xachirova. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar navbatdagi qahva ichishdan keyin tashvish, halovatsizlik hissi paydo bo‘lsa, unda normadan oshib ketilgan bo‘ladi. 

Xachirova, shuningdek, yozda mashhur bo‘lgan qahva va boshqa ichimliklar aralashmasidan ehtiyot bo‘lish kerakligini qo‘shimcha qilgan. Unga ko‘ra, qahvani energetik ichimlik bilan birlashtirish yurakda qo‘shimcha yuk paydo qiladi. 

“Qahva va energetik ichimliklar yurakka qo‘shimcha yuk, issiqda esa bizning yuragimiz shusiz ham kuchli rejimda ishlaydi, bu organizmda nomaqbul oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin”, deb ta’kidlagan kardiolog.


Maqola muallifi

Teglar

jazirama qahva

Baholaganlar

138

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing