“Javob umuman boshqacha bo‘lishi mumkin”. Putin AQSH va NATOni ogohlantirdi 

Olam

image

Agar AQSH va NATO Rossiya uchun xavfsizlik kafolatlarini berishdan bosh tortsa, Moskvaning javobi umuman boshqacha bo‘lishi mumkin, bunda variantlarni tanlash harbiy ekspertlarning tavsiyalariga bog‘liq bo‘ladi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “Rossiya-1” telekanali efirida aytib o‘tdi.  

“Bu juda boshqacha bo‘lishi mumkin. Bu bizning harbiy ekspertlarimiz menga bildiradigan takliflarga bog‘liq”, degan u. 

Shu bilan birga, Prezident Rossiya bu boradagi muzokaralarning ijobiy natijalariga erishishga intilishini ta’kidlagan. 

Rossiya rahbari joriy yilning 23 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Moskvaning keyingi harakatlari AQSH bilan xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha muzokaralar borishiga emas, balki “bugun va tarixiy istiqbolda” Rossiya xavfsizligini so‘zsiz ta’minlashga bog‘liq bo‘lishini aytgandi. 

Putinning so‘zlariga ko‘ra, bu borada Rossiya tomoni “aniq va tiniq” “NATOning sharqqa keyingi harakatini qabul qilib bo‘lmasligini” bildirgan. Prezident agar Rossiya o‘z raketalarini Meksika yoki Kanadaning AQSH bilan chegarasiga joylashtirsa, amerikaliklar qanday munosabatda bo‘lishidan qiziqqan.

Ma’lumot o‘rnida, G‘arb matbuoti va siyosatchilari so‘nggi paytlarda Moskva Ukraina bilan chegarada qo‘shinlarini jamlayotganini ta’kidlab kelmoqda. Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya o‘z qurolli kuchlarini o‘z hududi va o‘z xohishiga ko‘ra ko‘chirayotganini, uning harakatlari hech kimga tahdid solmasligini va hech kimni bezovta qilmasligi kerakligini aytib kelmoqda. Moskvaning ta’kidlashicha, “Rossiya tajovuzkorligi” haqidagi xabarlar chegara hududlarida NATO kuchlarini to‘plash uchun bahona sifatida foydalanilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh NATO Putin

Baholaganlar

1763

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing