Javlon Vahobov Prezident Administratsiyasiga ishga o‘tdi

Jamiyat

image

Javlon Abdujalolovich Vahobov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari – Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Javlon Vahobov 2017 yil oktyabrdan 2023 yil bahorigacha O‘zbekistonning Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi elchisi bo‘lib ishlagan. Shuningdek, u bir vaqtning o‘zida mamlakatning Kanadadagi va Braziliyadagi elchisi ham bo‘lgan. Bungacha esa O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Obid Orziqulovich Hakimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari – Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori lavozimiga tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Javlon Vahobov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing