Javlon Vahobov O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi lavozimini tark etdi
Jamiyat
−
02 aprel 2023
13108Javlon Vahobov O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi lavozimidagi faoliyatini yakunladi. Bu haqda u o‘zining Twitter'dagi sahifasida ma’lum qildi.
“O‘tgan yillar davomida O‘zbekistonning AQSH, Kanada va Braziliyadagi elchisi bo‘lib ishlash katta sharafdir. Men bu lavozimdan ketib, Toshkentga qaytar ekanman, erishgan yutuqlarimizdan faxrdaman – barchangizga qo‘llab-quvvatlaganingiz va do‘stligimiz uchun tashakkur, men buni doimo qadrlayman”, degan u Twitter sahifasida.
Javlon Vahobov o‘zbek huquqshunosi, diplomati bo‘lib, 2017 yildan boshlab O‘zbekistonning AQSH, Kanada va Braziliyadagi elchisi sifatida faoliyat yuritgan. U O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarligiga qaytishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning AQSHdagi elchisi lavozimiga Furqat Siddiqov nomzodi ma’qullangan edi.
LiveBarchasi