Jasur Jaloliddinovning yangi klubi nomi aniq bo‘ldi (video)
Sport
−
25 oktabr 2024 11531 1 daqiqa
O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi sardori Jasur Jaloliddinov Ozarbayjonning “Sumgait” klubi futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
22 yoshli futbolchi yangi jamoasida 77-raqam ostida to‘p tepadi.
Hozirda “Sumgait” Ozarbayjon Premer-ligasida 8-o‘rinda bormoqda. Jamoa ortda qolgan 10 turdan so‘ng 7 ochkoga ega.
Ma’lumot uchun, Jaloliddinov faoliyati davomida “Bunyodkor”, “Andijon”, “Lokomotiv”, “Olimpik” va O‘zbekistonning barcha yosh toifalaridagi terma jamoalarida to‘p tepgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jaloliddinov “Neftchi” klubini tark etgani xabar qilingandi.