Jasur Jaloliddinov “Neftchi”ni tark etdi
Sport
−
23 Oktabr
3456O‘zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalarida muvaffaqiyatli to‘p tepgan "Neftchi" klubi a’zosi Jasur Jaloliddinov Farg‘ona klubini tark etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Jasur Jaloliddinovga ahil jamoamiz nomidan kelajakdagi faoliyatida omad yor bo‘lishini, jamoamiz ravnaqi yo‘lida qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildiramiz”, deyiladi klub xabarida.
Ma’lumot uchun, 22 yoshli Jaloliddinov “Neftchi” safida jami 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining farg‘onaliklar bilan shartnomasi 2025 yil noyabrigacha mo‘ljallangan edi, biroq tomonlar muddatidan avval kelishuvni bekor qildi. Jaloliddinov klubning ikkinchi davra o‘yinlarida ishtirok etmadi.
LiveBarchasi