Jasliqdagi “borsa kelmas” nega yopildi?
Jamiyat
−
04 avgust 2019
17009Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 2 avgust kuni “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 19-son ixtisoslashtirilgan Jazoni ijro etish koloniyasini tugatish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qaror bilan Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumani Jasliq qo‘rg‘onida joylashgan 19-son ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasini tugatish belgilandi.
Ushbu koloniya 1999 yil 16 fevral voqealaridan keyin tashkil etilgan bo‘lib, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir qilgan va uzoq muddat ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar saqlanib kelinayotgan edi. U nafaqat mamlakat va markaziy osiyoda, balki butun dunyoda og‘ir tanqidlar bilan tilga olinuvchi koloniya sanalgan.
Xalq orasida “borsa kelmas” deya nom olgan ushbu koloniyani tugatish nima uchun zarur bo‘lib qoldi. Buni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov izohladi.
“Bu koloniya Nukus shahridan 300 km, Qo‘ng‘iroq shahri markazidan esa 180 km uzoqlikda joylashgan. Qishda qahraton sovuq, yozda jazirama issiq. Jazoni o‘tayotgan shaxslar, ularning qarindoshlari, yaqinlari kelib-ketishi juda noqulay. Tasavvur qiling, Farg‘ona, Andijon yoki Surxondaryo viloyatidan ota-ona jazoni o‘tayotgan mahkumni ko‘rishga kelish uchun juda ko‘p yo‘l bosib, Jasliq qo‘rg‘oniga boradilar. Bu esa ortiqcha ovoragarchilik, vaqt ketishi va sarf-xarajatlarga sabab bo‘lardi”, deydi Bobojonov.
Prezident qaroriga ko‘ra, 19-son JIEKda saqlanayotgan mahkumlar bir oy muddatda sud tomonidan belgilangan tartib turiga muvofiq ravishda ichki ishlar organlarining boshqa jazoni ijro etish koloniyalariga o‘tkaziladi.
LiveBarchasi