Jasliqda 16 fevral voqealariga aloqador mahbuslar bormi?

Jamiyat

image

1999 yilning 16 fevral kuni Toshkentda ro‘y bergan qo‘poruvchilik harakatlarini o‘zbek xalqi yaxshi eslaydi. 

Toshkent osmonini qora tutun qoplagan o‘sha mudhish kundagi terrorchilik harakatlari faqatgina mamlakatning konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi harakat emas, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovga suiqasd ham edi.

Shu kuni poytaxt Toshkentning turli hududlarida, jumladan Mustaqillik maydoni, Ichki ishlar vazirligi va Milliy bank binolari yonida 6 ta kuchli portlashlar yuz bergan. Ularda 16 nafar kishi qurbon bo‘lgan, 100 dan ortiq odam jarohatlangan.

Ushbu voqealardan keyin, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani, Jasliq qo‘rg‘onida yangi qamoqxona tashkil etildi. Bu yerda og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etgan, uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar saqlangan. Yillar davomida u xalq orasida “borsa kelmas” deya nom oldi. 

Xalqaro hamjamiyatda qoralaib kelingan ushbu qamoqxona tashkil etilganidan 20 yil o‘tib O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 2 avgustdagi qarori bilan tugatilmoqda.

Ushbu qamoqxona 1100 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, unda 395 nafar mahbus saqlanmoqda. Ulardan 10 %i diniy ekstremizmda ayblanib, ozodlikdan mahrum etilganlar. Xo‘sh, ular orasida 1999 yil 16 fevral voqealari aybdorlari ham bormi? QALAMPIR.UZ muxibiri ushbu savol bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bahrom Odilovga yuzlandi. 

Odilov qamoqxonada buncha uzoq muddatni o‘tayotgan, xususan 1999 yil 16 fevral voqealariga aloqador mahbuslar yo‘qligini aytdi. 

Matbuot anjumani nega tashkil etilganini bilolmadik. Vazir o‘rinbosari jurnalistlar savol beringlar deb yuzlandi, biroq savollarga aniq javob bergani yo‘q. 

Masalan: 

— Bitta odam 16-20 yillab o‘tirmagan, dedingiz. Ammo chiqishi yaqin qolganda qaysidir ayblov bilan muddat qo‘shib berilgani haqida xabarlar bo‘lib turardi.

— Siz aniq ism-familiya bering, biz aniq javob beramiz. Mavhum savollarga javob berishni istamaymiz.

Eslatib o‘tamiz, 16 fevral voqealariga aloqadorlikdla gumon qilingan oxirgi shaxs o‘tgan yili DXX tomonidan amalga oshirilgan qidiruvda qo‘lga olingan edi. U Turkiston Islom harakati, keyinchalik Islom jihodi ittixoti Xalqaro terroristik tashkilotlar a’zosi hisoblangan o‘zbekistonlik Zokir Rahimov bo‘lgan. U Turkiyaning Istanbul shahrida qo‘lga olindi va O‘zbekistonga ekstradatsiya qilindi. 

2000 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan Rahimov 1999 yil 16 fevral voqealariga aloqador sifatida ko‘rilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Jasliq koloniyasi 16 fevral' voqealari

Baholaganlar

249

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing