“Jarqo‘ton”dan qadimiy odam qabrlari topildi

Bu qiziq

image

Surxondaryo viloyatidagi 4000 yillik “Jarqo‘ton” yodgorligidan taqinchoq va sopol idishlar bilan birga ko‘milgan odam qabrlari topildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Agentlikning ma’lum qilishicha, davlat rahbarining Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida vohadagi 10 ta madaniy meros ob’ektlarida dunyoning yetuk arxeologiya institutlari va ilmiy markazlari olimlarini jalb qilib, o‘rganish ishlarini olib borish topshirig‘i berilgan. Bugungi kunda topshiriqqa asosan viloyatning turli manzillarida arxeologik qazishma va o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

“O‘zbekiston-Fransiya qo‘shma ekspeditsiyasida Fransiya milliy tadqiqot markazi, Termiz davlat universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti arxeolog olimlari ishtirokida qazishma ishlari olib borilmoqda", deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, “Jarqo‘ton” yodgorligi 4000 yillik tarixga ega, O‘zbekistonda yagona bo‘lgan eng qadimgi shahar hamda O‘rta Osiyodagi dastlabki sivilizatsiya beshigi hisoblanadi. Hozirga qadar yodgorlikning hukmdor saroyi, O‘rta Osiyoning ilk ibodatxonasi va mingdan ortiq qabrlar ochib o‘rganilgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 27 mart kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani “Chorbog‘” (Chorvoq) suv ombori qirg‘oqlarida odam suyaklari topilgan edi. Keyinroq u yerlarda tarixiy qabriston bo‘lib, suv ombori ostida qolib ketgani aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

odam qabrlari Jarqo'ton

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar