JARda karantinni buzgan kelin-kuyov to‘y kuni qamaldi
Olam
−
09 aprel 2020 7978 1 daqiqa
Janubiy Afrika Respublikasining Empangeni shahrida politsiya xodimlari yangi turmush qurganlarni karantin qoidalarini buzgani uchun hibsga olishdi. Bu haqda "The Mirror" nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 5 aprel kuni politsiya xodimlari to‘yga "tashrif buyurib", kelin-kuyov, 53 nafar mehmon va bir ruhoniyni hibsga olgan. Ta’kidlanishicha, hibsga olingan paytda juftlikka nikoh o‘qib bo‘lingan edi.
Hozirda kelin-kuyovni qamoq jazosi kutayotgani aytilmoqda. Shuningdek, hibsga olinganlarga katta jarima solinishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Afrikaning boshqa mamlakatida karantin qoidasini buzgan odamni timsoh yeb qo‘ygani haqida xabar bergan edik.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, JARda koronavirus bilan bog‘liq 1 845 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 95 nafari sog‘aygan, 18 nafari esa vafot etgan.
Live
Barchasi