JAR tarixda ilk bor pley-offga chiqdi
Sport
−
08:07 2581 1 daqiqa
Bugun, 25 iyun Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichining uchinchi turida Janubiy Koreyani 1:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk bor pley-off bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Uchrashuv Meksikada bo‘lib o‘tdi. Bahsdagi yagona golni Tapelo Maseko 63-daqiqada kiritdi. “A” guruhining boshqa o‘yinida Meksika Chexiyani 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Meksika 9 ochko bilan guruh g‘olibi bo‘ldi. Janubiy Afrika Respublikasi 4 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘rinni egalladi.
Janubiy Koreya 3 ochko bilan uchinchi pog‘onada qoldi. Chexiya esa 1 ochko bilan guruhda so‘nggi o‘rinni band etdi.
Shu tariqa, Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionati pley-off bosqichiga chiqdi.
Ma’lumot uchun, Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tkazilmoqda. Ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etayotgan musobaqa joriy yilning 19 iyul kuni yakunlanadi. Argentina amaldagi jahon chempioni hisoblanadi.
Live
Barchasi