JCHning 1/16 bosqichi ilk juftligi aniq bo‘ldi
Sport
−
25 Iyun 5555 1 daqiqa
2026 yilgi Jahon chempionatining 1/32 bosqichining dastlabki juftligi aniq bo‘ldi. Kanada va Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoalari bu bosqichda o‘zaro bahs olib boradi.
Bu davom etayotgan turnirda aniqlangan ilk pley-off juftliklaridan biri bo‘ldi. Uchrashuv joriy yilning 28 iyun kuni AQSHning Kaliforniya shtati Inglvud shahrida bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq, Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionati pley-off bosqichiga chiqqan edi. Jamoa “A” guruhida ikkinchi o‘rinni egalladi. Kanada esa “B” guruhini ikkinchi pog‘onada yakunladi.
Har ikki terma jamoa guruh bosqichining uch turidan so‘ng 4 tadan ochko jamg‘ardi.
Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tkazilmoqda. Ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etayotgan musobaqa joriy yilning 19 iyul kuni yakunlanadi. Argentina amaldagi jahon chempioni hisoblanadi.