JAR sobiq prezidenti qamoqxonada joy yo‘qligi uchun qo‘yib yuborildi

Olam

image

Kecha, 11 avgust kuni sudga hurmatsizlik qilgani uchun 15 oyga qamalgan Janubiy Afrikaning sobiq prezidenti Jeykob Zuma qamoqxonada joy yo‘qligi sabab ozod etildi. Bu haqda BBC xabar berdi

Unga ko‘ra, Jeykob Zuma joriy yilning aprel oyida Janubiy Afrika qamoqxonalarida joy ochish uchun boshlangan sxema bo‘yicha ozod qilingan 9 mingdan ortiq xavflilik darajasi kam mahbuslardan biridir.

Bu holatni JAR Adliya vaziri Ronald Lamola qamoqxonalarda mahbuslarning ko‘payib ketgani oqibatida joy yo‘qligi bilan bog‘lagan. Uning aytishicha, bu qaror qamoqxona rahbariyati tomonidan hech qanday siyosiy aralashuvsiz qabul qilingan va Jeykob Zumaga alohida munosabat ko‘rsatilmagan. 

Qamoqxonalar departamenti vakilining BBC`ga aytishicha, Janubiy Afrikadagi mahbuslar soni hozirda rasmiy imkoniyatlardan 47 foizga ko‘p. O‘tgan hafta mahbuslar qamoqxonalardan biriga o‘t qo‘ygani vaziyatni yanada chigallashtirgan. Oqibatda 4 mingga yaqin hibsdagilarni evakuatsiya qilishga to‘g‘ri kelgan.

Janubiy Afrikaning qamoqxonalar bo‘yicha komissari Makgoti Tobakgalening aytishicha, Jeykob Zuma 11 avgust kuni ertalab Kvazulu-Natal provinsiyasidagi Estcourt axloq tuzatish muassasasidan o‘z uyiga qo‘yib yuborilgan.

Shuningdek, Janubiy Afrikaning asosiy muxolifat partiyasi sobiq prezidentga berilgan bu imtiyozga qonuniy e’tiroz bildirishini aytib chiqdi. Afrika Milliy Kongressi ham bu qarorni olqishlab, mamlakat manfaatlariga mos emasligini bildirgan.

Ba’zi janubiy afrikaliklar mamalakatda elektr energiyasining tez-tez uzilishi, jinoyatchilikning yuqori darajada ekanligi, qashshoqlik va yoshlar ishsizligi kabi dolzarb muammolarga e’tibor qaratishi kerak, desa, boshqalari Jeykob Zuma muddatining qolgan qismini o‘tash uchun qamoqqa qaytishi kerakligini ta’kidlamoqda.

Ma’lumot uchun, Jeykob Zumaning 2021 yilda qamoqqa olinishi norozilik namoyishlari va tartibsizliklarga sabab bo‘lgan edi. Oqibatda 350 dan ortiq odam halok bo‘lgan. U o‘z prezidentligi davridagi moliyaviy tanglik va qarindosh-urug‘likni tekshirayotgan komissiya oldida guvohlik berishdan bosh tortgani uchun qamoqqa hukm qilingan. Ammo u muddatidan ikki oy o‘tgach shartli ravishda ozod qilingan. O‘tgan 2022 yilning noyabr oyida apellyatsiya sudi Jeykob Zumaning ozodlikka chiqishini noqonuniy deb topgan hamda uni jazoni oxirigacha o‘tash uchun qamoqxonaga qaytargan.


Maqola muallifi

Teglar

JAR

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing