Eron JARning Isroilga qarshi da’vosiga qo‘shilmoqchi

Olam

image

Eron Janubiy Afrikaning Isroilga qarshi Xalqaro sudda ko‘rib chiqilayotgan jarayonda uchinchi tomon sifatida ishtirok etish uchun hujjat tayyorlamoqda. Bu haqda Respublikaning huquqiy masalalar bo‘yicha vitse-prezidenti Muhammad Dehqon Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi oldidan ma’lum qildi. 

“Janubiy Afrika shikoyat qilgan zahoti biz komissiya tuzdik va tez orada sionistik rejim (Isroil) ustidan uchinchi shaxs sifatida Xalqaro cudga shikoyat qilamiz”, deydi u. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, Janubiy Afrikaning bu da’vosi Genotsid jinoyatining oldini olish to‘g‘risidagi 1948 yilgi Konvensiyaga muvofiq kiritilgan va Eron Konvensiyaning 9-moddasini inobatga olgan holda, o‘z-o‘zidan shikoyat qilmagan, chunki bu Isroilni davlat sifati tan olishni anglatadi. 

Qayd etish joizki, Germaniya ham Xalqaro sud ko‘rib chiqayotgan bu ishda uchinchi tomon sifatida ishtirok etish niyatida ekanini ma’lum qilgan. Bangladesh va Iordaniya ham bunday taklifni ilgari surmoqda.

Xalqaro cud statutining 63-moddasiga ko‘ra, ko‘p tomonlama shartnomaning ishtirokchisi bo‘lgan har qanday mamlakat ushbu hujjatning talqini bilan bog‘liq nizoga aralashishi mumkin.

Bundan tashqari, Eron general Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishiga aloqador barcha shaxslarni javobgarlikka tortish niyatida va Xalqaro sudda AQSHga qarshi da’vo tayyorlamoqda. Vitse-prezidentning so‘zlariga ko‘ra, da’vo aprel oyida ochiladi, bu haqda Tehron allaqachon Vashingtonni ogohlantirgan.

Ma’lumot uchun, Gaagadagi Xalqaro sudga da’vo Janubiy Afrika hukumati tomonidan Isroil tomoni “Genotsid jinoyatining oldini olish va jazolash to‘g‘risidagi konvensiya”ni buzishi mumkinligi munosabati bilan berilgan. Hujjatda ta’kidlanishicha, Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlari genotsid sifatida tavsiflanishi mumkin, chunki "G‘azodagi falastinliklarni kengroq Falastin milliy, irqiy va etnik guruhining bir qismi sifatida yo‘q qilish" aniq maqsadda amalga oshirilmoqda. Da’vo doirasida Janubiy Afrika tomoni suddan Isroil konvensiya bo‘yicha o‘z majburiyatlarini buzayotgani va G‘azo sektoridagi barcha harbiy harakatlarni to‘xtatishi, shuningdek, tovon puli to‘lashi kerakligi haqida hukm chiqarishini so‘ramoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil JAR Xalqaro sud

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing