JAR Prezidenti Ukrainaga keldi

Olam

image

“Janubiy Afrika Prezidenti Siril Ramafosa Ukrainaning Nemeshayevo vokzaliga yetib keldi va uni Ukrainaning Afrika va Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili, elchi Maksim Subx va Janubiy Afrikaning Ukrainadagi elchisi Andre Groenevald kutib oldi”, deya xabar beradi “Interfaks-Ukraina”.

Prezident Ramafosa Ukraina poytaxti Kiyevga – Afrika “tinchlikparvarlik missiyasi” a’zosi sifatida Prezident Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralar o‘tkazish uchun ketayotgani haqida xabar berilgandi.

Afrika “Tinchlikparvarlik missiyasi” tarkibiga Janubiy Afrika, Zambiya, Komor, Kongo-Brazzavil, Misr, Senegal va Uganda rahbarlari kiradi.

Bugun, 16 iyun kuni Prezident Ramafosa Kiyevdan Sankt-Peterburgga jo‘nab ketadi, u yerda Afrika delegatsiyasi ertaga, 17 iyun kuni Rossiya Prezidenti bilan uchrashishi kutilmoqda. Prezident Ramafosa 18 iyunda o‘z mamlakatiga qaytishni rejalashtirgan.

Ibrohimjon G‘afforov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ukraina JAR Prezidenti Ramafosa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing