Japarovga “Faxriy professor” unvoni topshirildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovga Turkiya Savdo-sanoat palatalari va birjalar ittifoqining Iqtisodiyot va texnologiya universiteti "Faxriy professori" unvoni topshirildi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti rasmiy saytida xabar berildi. 

Ayni vaqtda Prezident Japarovning Turkiyaga ilk rasmiy tashrifi davom etmoqda. Japarov 9 iyun kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan yakkama-yakka uchrashuvlarda qatnashdi. Shuningdek, Prezidentlar raisligida Qirg‘iziston va Turkiya o‘rtasidagi strategik hamkorlik Oliy kengashining 5-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Kecha, 10 iyun kuni Sadir Japarov Anqarada Turkiya Savdo-sanoat palatalari va birjalar ittifoqiga tashrif buyurdi va ittifoq faoliyati bilan tanishdi. 

Ittifoq prezidenti va Vasiylik kengashi raisi Rifat Hisarjiklio‘g‘lu Sadir Japarovga "faxriy professor" diplomini va mantiyasini topshirarkan, Turkiya va Qirg‘iziston o‘rtasida har doim do‘stona ikki tomonlama aloqalar bo‘lishini ta’kidlagan. 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Sadir Japarov bilan ko‘plab masalalarni kelishib olgani, jumladan Qirg‘iziston va Turkiyaga xavf solayotgan Fathulloh Gulen boshchiligidagi FETO terroristik tashkilotiga qarshi kurashda ham hamfikr ekanliklarini bildirgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Sadir Japarov

Baholaganlar

84

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing