Japarov va Putin tojik-qirg‘iz masalasini muhokama qildi

Olam

image

Bugun, 10 may kuni Rossiya tomonining tashabbusi bilan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha. davlat rahbarlari bir-birlarini “Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 76 yilligi bilan” tabriklagan. Rossiya Prezidenti shuningdek, Qirg‘iziston xalqini Qirg‘iziston Respublikasining yangi Konstitutsiyasi qabul qilinishi va kuchga kirishi bilan tabriklagan.

Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlik masalalari, shuningdek, yaqinda davlat chegarasining qirg‘iz-tojik qismidagi mojaro bilan bog‘liq vaziyat muhokama qilingan. Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasi Qirg‘iziston Respublikasiga chegara mojarosining gumanitar oqibatlarini bartaraf etishda zarur yordam ko‘rsatishga tayyorligini aytgan.

Shuningdek, davlat rahbarlari koronavirus pandemiyasiga qarshi choralar, shu jumladan Qirg‘izistonga Rossiya vaktsinalarini etkazib berishni muhokama qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 may kuni Moskvada Tojikiston va Rossiya Prezidentlari Imomali Rahmon hamda Vladimir Putin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qirg'iziston Putin Japarov

Baholaganlar

110

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing