Rossiya FXX rahbari “Krokus”dagi teraktning asosiy tashkilotchisi qayerdaligini aytdi
Olam
−
08 may
41552Rossiya Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov Moskva yaqinidagi “Krokus Siti Holl” konsert zalidagi teraktning asosiy tashkilotchisi xorijda ekanini aytdi. Bu haqda u “Interfaks”ga ma’lum qildi.
“Biz bu kimligini taxmin qilishimiz mumkin. Chet elda o‘tirgan asosiy tashkilotchi bor”, deb javob bergan Bortnikov jurnalistlarning teraktga buyurtma berganlarni aniqlash mumkinmi, degan savoliga.
FXX rahbari tergov davom etar ekan, boshqa tafsilotlarni oshkor qilmasligini qo‘shimcha qilgan.
“Tergov tegishli tartib-qoidalar olib borilayotgani bois, biz uni (terrorchilik hujumi tashkilotchisi – Tahr...) aniqlash uchun hamma narsani qilishimiz kerak. Shuning uchun, men hozir sizga aniq bir narsa aytmayman. Tergov siri bor va bizning ishimiz tezkor ishimizda aniq natijaga olib kelishini ta’minlashimiz kerak”, deydi Bortnikov.
Eslatib o‘tamiz, 22 mart kuni Moskva viloyatidagi “Krokus Siti Holl” konsert zalida bir guruh qurollangan shaxslar otishma boshlagan, keyin esa o‘t qo‘ygan. ISHIDning "Viloyat Xuroson" nomli yacheykasi hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Rossiya rasmiylari terakt ortida Ukraina turganini da’vo qilmoqda.
LiveBarchasi