1,4 kg oltinni O‘zbekistondan noqonuniy olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

3-sahifa

image

O‘zbekistondan 1,4 kg oltinni noqonuniy olib chiqib ketayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. 

Andijon shahri va Andijon tumanida yashovchi, 1985, 1997 va 2000 yillarda tug‘ilgan 4 nafar shaxs “Do‘stlik” chegara-bojxona posti orqali O‘zbekistondan Qirg‘izistonga zanjir, tish qolipi hamda lom shaklidagi tilla buyumlarni kiyimlari ichiga yashirgan holda olib chiqib ketishga uringan vaqtida ushlangan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ulardan ashyoviy dalil sifatida olingan, asillik darajasi 997 bo‘lgan oltin buyumlar va qotishmalarning jami vazni 556 gr.ni, umumiy bahosi 474 mln 256 ming so‘mni tashkil etadi.

Boshqa holatda esa Izboskan tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan ayol “Madaniyat” chegara-bojxona posti orqali Qirg‘izistonga chiqib ketayotgan vaqtida to‘xtatilib, tegishli tartibda shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. 

Natijada unda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan zanjir va lom ko‘rinishidagi, umumiy vazni 568 gr.ni tashkil etuvchi, asillik darajasi 992 bo‘lgan oltin borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu tilla buyumlar va quymalarning umumiy bahosi 431 mln 894 ming so‘mni tashkil etadi. 

Shuningdek, uning sherigi bo‘lgan – Namangan tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan ayol ham asillik darajasi 992 bo‘lgan, sof og‘irligi 271 gr.ni tashkil qiluvchi, 249 mln 240 ming so‘mlik zanjir va nostandart quyma tillalarni noqonuniy olib chiqib ketayotgan vaqtida to‘xtatib qolingan.

Aniqlanishicha, qonunbuzarlar oltindan yasalgan buyumlarni Qirg‘iziston orqali Turkiyaga olib ketishni rejalashtirgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan oltin Qirg'iziston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing