Japarov O‘zbekistonga oid qonunni imzoladi

Olam

image

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov “Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish sohasida hamkorlik to‘g‘risida”gi Bitimni ratifikatsiya qilish haqida Qirg‘iziston Respublikasi Qonunini imzoladi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.

Mazkur Bitim 2023 yil 27 yanvar kuni Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov ishtirokida Bishkek shahrida imzolangan. Bitimni ratifikatsiya qilishga oid qonun Qirg‘iziston Respublikasi Jogorku Keneshi tomonidan 2023 yil 29 noyabrda qabul qilingan. 

Qonun yuqoridagi Bitim kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajarish maqsadida qabul qilingan. 

Bitim favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish, tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik va harakatni ta’minlash sohasida hamkorlikni tashkil etish, shuningdek, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda o‘zaro yordam ko‘rsatishga qaratilgan.

U, shuningdek, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq masalalarni birgalikda va tezkorlik bilan hal etish, tajriba, axborot va texnologiyalar almashish, shuningdek, ikki davlat ta’lim muassasalarida favqulodda vaziyatlarni boshqarish sohasida mutaxassislar tayyorlash, Qirg‘iziston va O‘zbekiston xalqlari manfaati uchun aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan himoya qilish sohasida qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishni nazarda tutadi. 

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Sadir Japarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing