Japarov O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda

Olam

image

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda. Bu haqda kecha, 13 iyun kuni Bishkekdagi Qirg‘iziston-O‘zbekiston biznes-forumining ochilishida Qirg‘iziston Iqtisodiyot va savdo vaziri o‘rinbosari Sanjar Bolotov ma’lum qildi. 

Uning aytishicha, ikki davlat Prezidentlarining bo‘lajak uchrashuvi mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash, qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish yo‘lidagi mushtarak irodani o‘zida mujassamlashtirgan muhim lahza bo‘ladi.

“Prezidentlarimiz oldimizga mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini 2 milliard AQSH dollariga yetkazish vazifasini qo‘ygan. Bu ambitsiyali, ammo erishish mumkin bo‘lgan maqsad. Bu maqsadga erishish uchun biz birgalikda harakat qilishimiz, barcha mavjud vosita va mexanizmlardan foydalanishimiz kerak. Ishonchim komilki, biz birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan nafaqat erishamiz, balki bu ko‘rsatkichdan ham oshib ketamiz", deydi Bolotov.

Eslatib o‘tamiz, Sadir Japarov oxirgi marta o‘tgan yilning noyabrida O‘zbekistonga rafiqasi Aygul Japarova hamrohligida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) o‘n oltinchi sammitida ishtirok etish uchun kelgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Qirg'iziston Sadir Japarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing