Japarov O‘zbekistonga keldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bugun, 11 mart kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. 

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.  

Qirg‘iziston Respublikasi O‘zbekistonning strategik sherigidir. Bugun Ko‘ksaroy qarorgohida ikki mamlakat yetakchilari O‘zbekiston – Qirg‘iziston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalarining barcha yo‘nalishlarini ko‘rib chiqishi kutilmoqda.

Davlat rahbarlari uchrashuvi kun tartibidan konstruktiv siyosiy muloqotni davom ettirish, savdo, sanoat, transport, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish, parlamentlararo va hududlararo aloqalarni faollashtirish o‘rin olgan.  


Maqola muallifi

Teglar

Sadir Japarov

Baholaganlar

253

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing