Japarov O‘zbekistonga qachon kelishi ma’lum bo‘ldi
Olam
−
04 mart 2021 9187 1 daqiqa
Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov joriy yilning 11-12 mart kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev ma’lum qilgan.
Tashqi ishlar vazirining ta’kidlashicha, Prezidentga allaqachon ba’zi mamlakatlarga rasmiy tashrif buyurish uchun ko‘plab taklifnomalar kelib tushgan.
Biroq, davlat rahbari birinchi navbatda qo‘shni mamlakatlarga tashrif buyurmoqchi.
Kazakbayevning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kelajakda Japarov Tojikiston, Turkmaniston va Xitoyga borishni rejalashtirmoqda.
Bundan oldin u Rossiya va Qozog‘istonda rasmiy tashrif bilan bo‘lgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr