Japarov O‘zbekistonga kelganida uyalib qolganini tan oldi
Jamiyat
−
16 mart 2021
32731Qirg‘izistonda siyosiy kelishmovchilik davr surganda, O‘zbekiston 40-50 yil oldinga o‘tib ketgan. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov aytib o‘tdi.
“Kuni kecha O‘zbekistonga borganda ko‘p narsani sezdim. Hatto rosa uyaldim ham. [Biz qirg‘izlar] 30 yildan beri bir-birimiz bilan siyosatda kelishmay, mitinglar o‘tkazib, faqat tish kovlash uchun cho‘tka ishlab chiqara olibmiz. Fabrika-zavod qurmabmiz. O‘zbekiston bizdan 40-50 yil oldinga o‘tib ketibdi, desam yanglishmayman. Mayda shurupdan tortib samolyot chiqarishgacha yetib boribdi”, deydi Sadir Japarov.
Uning ta’kidlashicha, Qirg‘iziston olgan grantlarning aksariyati behuda sarflangan. Japarov bu bo‘yicha tergov o‘tkazilishini va natijalar ikki-uch oy ichida jamoatchilikka yetkazilishini va’da bergan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Qirg‘iziston ichki resurslar hisobiga yashamoqda.
“Agar 10 yil ishlasam, barcha qarzlarni to‘lash mening zimmamga tushadi. Biroq, ushbu kreditlarning 70-80 foizi o‘g‘irlangan”, deydi Japarov.
U tashqi qarzlarni to‘lash uchun korxonalar ochish niyatida.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov 11–12 mart kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda Qirg‘izistonning qarzi 5 mlrd AQSH dollariga teng.
LiveBarchasi