Japarov SIM-kartani uchinchi shaxslarga berish va sotishni qonunan taqiqladi
Olam
−
21 iyul 2025 3747 1 daqiqa
Qirg‘izistonda SIM-kartalar va moliyaviy rekvizitlarni begona shaxslarga berganlik uchun jinoiy jazo belgilandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov “Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qirg‘iziston Respublikasi qonunini imzolagan. Qonun mamlakat parlamenti – Jogorku Kenesh tomonidan 2025 yil 25 iyunda qabul qilingan.
Qonunning maqsadi shaxsning bank kartasi, hisob raqami, elektron hamyoni, mobil banki, SIM-kartasi yoki boshqa moliyaviy ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga taqdim etishi yoki sotishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat bo‘lib, bu IT-texnologiyalar orqali sodir etilayotgan jinoyatlar darajasini kamaytirishga xizmat qiladi.
Shunday qilib, qonun bilan Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksini uchinchi shaxslarga elektron to‘lov vositalari, virtual aktiv hamyon va SIM-kartani qasddan berish yoki sotish uchun javobgarlikni belgilovchi norma bilan to‘ldirilmoqda (209-1-modda).
Eslatib o‘tamiz, 2025 yil 1 yanvardan boshlab Rossiya Federatsiyasida SIM-kartalarni chiqarishning yangi qoidalari joriy etildi. Unga ko‘ra, 2025 yildan boshlab Rossiyada bitta abonentga beriladigan SIM-kartalarning soniga cheklovlar o‘rnatiladi. Rossiya fuqarolari 20 tadan, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga esa 10 tadan ko‘p bo‘lmagan SIM-kartaga ega bo‘lishga ruxsat etiladi.
Live
Barchasi