Japarov Shavkat Mirziyoyevni Qirg‘izistonga taklif qildi

Jamiyat

image
Mirziyoyev va Japarov “yopiq eshiklar” ortida nimalarni gaplashdi north_east

Mirziyoyev va Japarov “yopiq eshiklar” ortida nimalarni gaplashdi

Prezident Sadir Japarov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Qirg‘iz Respublikasiga tashrif buyurishga taklif qildi.

Davlat rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvini Qirg‘iziston Prezidenti O‘zbekistonning mintaqada hamkorlik va integratsiyani mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlarini, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari maslahat uchrashuvlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi tashabbusini qo‘llab-quvatlashini bildirdi. Tomonlar ushbu formatdagi uchinchi uchrashuvni 2021 yilda o‘tkazish muhimligini qayd etdilar.

Markaziy Osiyoga tegishli barcha masalalar mintaqa davlatlarining o‘zi tomonidan, o‘zaro foyda va manfaatlarni hurmat qilish tamoyili asosida hal etilishi muhimligi ta’kidlandi.

Xalqaro maydonda, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha ham yakdil fikr bildirildi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Qirg'iziston

Baholaganlar

16

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing